Ру O`z En

KORXONA XODIMLARI UCHUN PSIXOLOG MASLAHATLARI

   “Korxonada ishlab chiqarish samaradoligini oshirishda ijtimoiy-psixologik muhitni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni psixologik mexanizmlari” borasida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda korxona rahbari D.Mannonov rahbar kadrlarni saralashda shaffoflik tizimini joriy qilish, samarali yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida nutq so‘zladi.

   Shu o‘rinda, mazkur seminar mehmoni psixologiya fanlari nomzodi, professor M.Atadjanov seminar ishtirokchilariga rahbar shaxsi psixologiyasi, boshqaruvchi shaxsga qo‘yiladigan talablar, jamoa, omma, guruhlarning psixologik xususiyatlari hamda jamoada shaxslararo munosabatlar mavzularini keng yoritib berdi. Seminarda korxona psixologi N.Ergasheva tashkilot psixologining vazifalari, salomatlik psixologiyasi va psixologiyada stress muammolari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.



“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech