Ру O`z En

KORXONA XOTIN-QIZLARI O‘RTASIDA SHASHKA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni hamda bu yil kasaba uyushmalarining tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan korxonamizda xotin-qizlar o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqaning ko‘zlangan maqsadi — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ayollar faolligini oshirish, jamoaviy ruh va korporativ birdamlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Musobaqada korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdi. Qizg‘in kechgan intellektual bahslar davomida ishtirokchilar o‘zining analitik tafakkuri, strategik fikrlash qobiliyati hamda diqqat-e’tiborini boshqarish ko‘nikmalarini namoyon etdi.

Bellashuv natijalari quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rinHavo ajratish sexi laboratoriya ustasi Turdimatova Zilola

2-o‘rinXMD sexi apparatchisi Omonova Odinaxon

3-o‘rinXMD sexi ishchisi Arakulova Hayotxon

Barcha sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz, mehnatda yangidan yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!

Eslatib o‘tamiz, barcha tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. 

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech