Ру O`z En

KORXONA XOTIN-QIZLARI UCHUN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Jamiyatning majlislar zalida  “Ayollarning oila va jamiyatdagi rolining psixologik xususiyatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatning asl mohiyati ayol va qizlarimizga psixologik konsultatsiyalar berishga qaratildi.

   Davra suhbati korxonamiz xotin-qizlar Kengashi tomonidan joriy etilib, unga jamiyat psixologi  Nargiza  Ergasheva taklif etildi. Psixolog suhbat davomida ayollarimiz shaxsiy va ish faoliyatlarida qanday ziddiyatli holatlarga duch kelayotganilari to‘g‘risida ochiq muloqot o‘tkazdi. Shu o‘rinda, u mavjud muammoli vaziyatdan chiqish yo‘llari, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik trening,  psixologik ma’rifat hamda psixologik reabilitatsiyalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi.

  Ayniqsa, ayollarimiz bilan ishlash, zo‘ravonlik, jinoyatchilikdan  va boshqa omillardan zarar ko‘rgan ayol va qizlarimiz bilan ishlash, maxsus psixologik yoki ijtimoiy tibbiy muassasalarda alohida individual va guruhiy korreksiya dasturi asosida  uning emotsional  barqarorligini  tiklash, uni ijtimoiy foydali hayotga qaytarish  maqsadiga yo‘naltirilgan tadbirlar haqida tushuntirish berdi.

  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis Umida Axundjanova oilaning  birdamligini mustahkamlash, avlodlar o‘rtasida o‘zaro aloqani saqlash, oilaviy notinchlik, bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, ayollarning oiladagi o‘rni va mavqei, gender tenglik, farzandlar tarbiyasi oldidagi mas’uliyati, salbiy fikrlash oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislarga yuzlanib, kerakli ma’lumotlarga ega  bo‘lishdi.

 

“Farg‘onaaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech