Ру O`z En

KORXONA YOSHLARI BILAN “MUVAFFAQIYATGA ERISHISH SIRLARI” TO‘G‘RISIDA BIZNES-TRENING BO‘LIB O‘TDI

Jamiyatimizda yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur biznes-trening korxona yoshlarini o‘z kasblariga bo‘lgan muhabbatlarini, o‘ziga ishonch hislarini yanada oshirishga va qo‘shimcha tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga biznesning sir asrorlarini bilib olishlarida katta ko‘mak bo‘ldi.

   Motivatsion biznes-treningga Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi bosh mutaxassisi Qudrat Mo‘ydinov, biznes-bloger, biznes-trener Oybek Qosimov, biznes-trener Hayriddin Rahmiddinov, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bosh mutaxassisi Muhiddin Abdurahimovlar taklif etildi. yosh bo‘lishiga qaramay o‘z sohalarida katta g‘alabalarga ega bo‘lgan ushbu trenerlar yoshlarimiz bilan turli xil treninglar o‘tkazib bordilar, suhbatlar qurdilar.

  Korxonamiz yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur trening barcha yoshlarga manzur bo‘ldi. Yoshlar ishtiyoq bilan motivatorlar nutqini tingladilar, savollar berdilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech