Ру O`z En

KORXONADA IJODIY UCHRASHUV HAMDA KONSERT DASTURI TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonamiz rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova va Aziz Rametovlar ishtirokida konsert dasturi hamda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv xodimlarning madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, konsert, sirk va teatrlarga kirish uchun bilet va abonementlarni xarid qilish amaliyotini joriy etishni o‘z ichiga olgan.

Konsertga 900 nafarga yaqin ishchi-xizmatchilar va ularning oila a’zolari tashrif buyurdilar. Konsert davomida ijodiy suhbat ham bo‘lib o‘tib, muxlislar bir qancha qiziqarli savollar bilan san’at vakillariga yuzlandilar. Xodimlar maroqli ma’daniy hordiq chiqarib, boy taassurotlarga ega bo‘ldilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech