Ру O`z En

KORXONADA YIL YAKUNI BO‘YICHA FAOL YOSHLAR RAHBARIYAT TOMONIDAN TAQDIRLANDI

“Farg‘onaazot” AJda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi dastur to‘liq va sifatli bajarilgani, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha turli-hil ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ko‘rik-tanlovlar, kitob mutolasiga qiziqtirish maqsadida “Yosh kitobxon xodim” kasbiy mahoratlarini oshirish bo‘yicha “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovlari va shu kabi ko‘plab loyihalar o‘tkazilganligini inobatga olinib mazkur tadbirlarda faollik ko‘rsatgan yoshlar taqdirlandilar.

Tadbirda boshqaruv raisi Dilshod Mannonov ishtirok etib yoshlarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alarni topshirish bilan birga kelajakda korxonada qanday sharoitlar imkoniyatlar yaratilishi to‘g‘risida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbir so‘ngida korxonada yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlardan mamnunligini bildirgan yoshlar korxona rahbariga minnatdorlik bildirib o‘tdilar.

 

  “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech