Ру O`z En

KORXONAMIZDA “KITOBXON-XODIM” KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Tadbirda korxonaning barcha sex, bo‘lim va boshqarmalaridan 14 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

         Tanlovga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbar o‘rinbosari Shavkat To‘ychiev,  Ahmad-al Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Lola Batirova, Gulasal Valieva hamda Koreya Xalqaro universiteti filologiya va ona tili professor-o‘qituvchisi  Muqaddam Ehsanovalar tashrif buyurdilar.
         Qizg‘in bahslar natijasiga ko‘ra, o‘rinnlar qo‘yidagicha taqsimlandi.
3-o‘rin Kodirov Sodiqjon Ammiak-3 sexi yetakchi muhandis-texnologiga,
2-o‘rin Fozilova Manzura Mochevina ishlab chiqarish sexi laboranti va 1-o‘rin Mashrabov Farrux AK-72M sexi yetakchi mutaxassisiga nasib etdi.  

Shu o‘rinda,  Gulnoza Marajabova Aloqa sexi elektromontyori, G‘offurova Muborak Loyiha sektori muhandisi, Soliyeva Nodiraxon AS-72M sexi apparatchisi, Mamajonova Oqibatxonlar Xo‘jalik sexi ko‘kalamzorlashtiruvchisiga faxriy yorliq va yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.  

Ko‘rik-tanlov so‘nggida korxona boshqaruvi raisi D.E.Mannonov g‘oliblarga pul mablag‘lari va diplomlar topshirdi. Korxona rahbari barcha “Kitobxon-xodim” ko‘rik tanlovi ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech