Ру O`z En

KORXONAMIZDA SUMALAK SAYLI BO‘LIB O‘TMOQDA

Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo‘lgan tadbir bu – sumalak saylidir. Sumalak Navro‘zning shoh taomi hisoblanib, xushxo‘r va tansiq taom hisoblanadi.

  Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va an’analarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularda tabiatdagi o‘zgarishlar, fasllar almashinuvi o‘z aksini topgan e’tiqodiy qarashlar va ajdolarimiz ko‘nglidan kechuvchi nekbin his tuyg‘ular o‘zining badiiy ifodasini topganligini ko‘ramiz.

   Har yilgidan istisno bo‘lmagan holda, bu yil ham jamoamiz rahbariyati tomonidan korxonamizning xo‘jalik sexida joriy yilning 16 mart kuni sumalak taomi pishirilishi jarayonlari boshlanib ketdi.

  Shuningdek 17 mart kuni tayyor bo‘lgan sumalak korxonamizning barcha sex va bo‘limlar ishchi-xodimlariga tarqatiladi.

 

"Fargonaazot" AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech