Ру O`z En

KORXONAMIZDA YANGI TAYINLOV AMALGA OSHIRILDI

Bugun “Farg‘onaazot” AJning majlislar zalida korxona rahbariyati, sex va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev olib bordi. Umidullo Ismatillayevich o‘z so‘zida “Farg‘onaazot” AJ boy an’analarga, malakali kadrlarga ega ekanligini hamda korxonamiz ishlab chiqarishda ilg‘or muhandislik g‘oyalarni tatbiq etib kelayotgan, O‘zbekiston kimyo sanoatida yetakchi o‘rinlarga egaligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida, “Indorama” korporatsiyasi boshqaruvi tomonidan tayinlangan “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisining texnika bo‘yicha o‘rinbosari janob Subramanya Kurumujji Вhat bilan tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqan janob Subramanya Kurumujji Вhat “Indorama” korporatsiyasi tomonidan qo‘yilgan vazifalar va korxonada birinchi galda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech