Ру O`z En

KORXONAMIZDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Sanoat va yong‘in xavsizligi borasidagi qonunlar, normativ texnik hujjatlar talablariga rioya qilish yuzasidan nazorat-profilaktika va tushuntirish ishlari olib borish maqsadida jamiyatimizning Jihozlarni markazlashgan ta’mirlash sexida MM,XT,AMM va XICHO SX boshqarmasi hamda  “Farg‘onaazot” AJda ob’yektlar binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. 

  Seminar o‘z ichiga yong‘inlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga jamoatchilikni keng jalb qilish hamda tegishli vazifalar belgilanishi kabi mavzularni oldi. Unda MM,XT,AMM va XICHO SX boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotibaldiyev o‘zining Prezidentimizning qaroriga asosan haftaning har chorshanba kuni «Yong‘inlar profilaktikasi kuni» deb belgilanganligini va shu asosda aholi, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilayotganini to‘g‘risida nutq so‘zladi.           

     Seminar qatnashchilari muhokama qilingan masalalar, bildirilgan taklif va ko‘rgazmada olingan ma’lumotlarni sexdagi ishchi xodimlarga yetkazishga hamda o‘z ish faoliyatlarini xavfsiz tashkil etishda ushbu tajribalarga tayangan holda ishlashlari borasida kelishib oldilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech