Ру O`z En

KORXONANING HAVO AJRATISH SEXIDA “QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH” MAVZUSIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, qutqaruv otryadi va FVB OBYXTTEB xodimlari hamkorlikda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, turli xil kimyoviy moddalardan zaharlanishlar kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish bo’yicha korxonaning Havo ajratish sexi ishchi-xodimlarga keng ko‘lamli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi hamda QO 1, QO 2, QO 3 yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatib o’tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech