Ру O`z En

“MA’NAVIYAT” MARAFONI: “MA’NAVIYAT BO‘YICHA YETAKCHI SEX” YO‘NALISHI BOSHLAB YUBORILDI

Xabaringiz bor, jamiyatimizda “Biz bir bo‘lsak-yagona kuchmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida “Ma’naviyat” marafoni o‘tkazilishiga start berilgan edi.

      Ayni vaqtda “Ma’naviyat” marafoni 3 yo‘nalishda, ya’ni, “Yashil kelajak”, “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” hamda “Inson qadri” yo‘nalishlarda o‘tkazilib borilayapti. Marafon doirasidagi “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” yo‘nalishi korxonamizning tarkibiy bo‘linmalarida boshlab yuborildi.

     Tasdiqlangan Nizomga asosan barcha sexlarda ma’naviyat bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ma’naviyat xonalarini zamonaviy jihozlanganligi, ulardagi gazeta, kitoblar, ma’naviyat burchaklari, xodimlar bilan ma’naviyat yetakchilari hamda sex boshliqlarini qay darajada ishlashi tuzilgan ishchi guruh tomonidan birin-ketin ko‘zdan kechirilib, baholanib borilmoqda.

      “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” yo‘nalishida ishtirok etishga ro‘yxat topshirgan sexlarga tashriflar davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘rin egallagan sexlar 7-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Farg‘ona hududiy bo‘linmasida bo‘lib o‘tadigan bayram kechasida tantanali ravishda taqdirlanadilar. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech