Ру O`z En

“MA’NAVIYAT” MARAFONI: “MA’NAVIYAT BO‘YICHA YETAKCHI SEX” YO‘NALISHI O‘Z NIHOYASIGA YETDI

Avval xabar berganimizdek,  “Biz bir bo‘lsak-yagona kuchmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida jamiyat tarkibiy bo‘linmalarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat” marafonining  “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” yo‘nalishi yakunlandi.

    Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan sexlarda ma’naviyat bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ma’naviyat xonalarini zamonaviy jihozlanganligi va boshqa tasdiqlangan Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruh tomonidan baholar qo‘yilib borildi.

        “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” yo‘nalishida ishtirok etib o‘rin egallagan sexlar 7-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Farg‘ona hududiy bo‘linmasida bo‘lib o‘tadigan bayram kechasida e’lon qilinadi.  

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech