Ру O`z En

MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN “FARG‘ONAAZOT” AJ MATBUOT XIZMATI XODIMLARI TAQDIRLANDILAR

27 – iyun OAV xodimlari kuni munosabati bilan o‘zining Vatanimiz istiqboli, yurtimiz tinchligi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati yo‘lidagi davlatimizda, ayniqsa Farg‘ona shahrida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi fidokorona mehnati uchun   korxonamiz matbuot xizmati rahbari Mannonxon Tillyaxodjayev Farg‘ona shahar hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

  Shuningdek, Farg‘ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar saroyida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan bayram tadbirida jamiyatimizning matbuot xizmati xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

   Fursatdan foydalanib, “Farg‘onaazot” AJ hamda matbuot xizmati nomidan respublikamizda yurtimiz farovonligi  yo‘lida o‘zining halol, oshkora va fidokorona xizmati uchun barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz. Sizlarga sog‘liq, oilaviy baxt va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech