Ру O`z En

MEHNATNING TAGI ROHAT

Joriy yilning 24-fevral kuni Sharqiy harbiy okrug faxriylar ishlari bo‘yicha kengash raisi iste’fodagi podpolkovnik Tojimirza Giyasov, Farg‘ona viloyat faxriylar ishlari bo‘yicha kengash raisi iste’fodagi mayor Voxid Toshaliyev, SHXO kengashi faollari iste’fodagi mayor Shuxrat Mirzakarimov, iste’fodagi katta serjant Valijon Turayevlar tomonidan Tartib-maxfiy  boshlig‘i Muxtorjon Fuzaylov Sharqiy harbiy okrug faxriylar ishlari bo‘yicha kengashining “Faxriy yorlig‘i”ga, Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Komiljon Eshonov “Mudofaa vazirligi faxriysi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldilar.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan T. Giyasov taqdirlanuvchilarni Vatan olidagi xizmatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, Qurolli kuchlarimizda jonbozlik ko‘rsatgan, el-yurt xavfsizligiga qo‘shgan katta hissalari ulkan e’tiroflarga loyiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

Korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov Muxtorjon Fuzaylov va Komiljon Eshonovlarni tabriklar ekan, mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarini tashkil topishida mashaqqatli mehnati, sadoqati va O‘zbekistonimiz tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari bebaho ekanligini aytib o‘tdi.   

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech