Ру O`z En

JAMIYATIMIZDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Korxonamizning Xavfli ishlab-chiqarish obyektlarida doimiy tarzda sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tezkor harakatlanish  borasidagi ishlar muntazam amalga oshirib borilishi hech kimga sir emas. Zero, sanoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi shay holat ishchi-xodimlar xavfsizligini kafolatlaydi.

     Mazkur tadbirlardan biri, Avariyalarni bartaraf etish rejasi bo‘yicha jamiyatning Bug‘ qozon sexi 812- binosida joylashgan E-8/1 mazut saqlash qurilmasida yong‘in bilan bog‘liq avariya sodir  bo‘lishini oldini olishga, avariya sodir bo'lgan taqdirda jabrlangan ishchi-xodimlarni favqulodda xizmatlar, ya’ni Qutqaruv otryadi, Yong‘in qutqaruv qismi, Tibbiy xizmat va Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatlarini jalb qilgan holda zaharli modda tarqalgan hududni o‘rab olib, odamlarni zararlangan hududdan olib chiqishga binoan o‘quv amaliy-taktik mashg‘uloti o‘tkazilishi bo'ldi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech