Ру O`z En

“TOZA HAVO” OYLIGI: BIZ HAM EKOLOGIYA UCHUN HISSA QO‘SHAMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘rsatmasiga asosan, 10-avgustdan 10-sentabrgacha butun mamlakat bo‘ylab “Toza havo” ekologik oyligi o‘tkazilmoqda.

Ushbu keng qamrovli ekologik tashabbus doirasida korxonamizda ham atmosfera havosini muhofaza qilish, chiqindi gazlarni kamaytirish va transport vositalarining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.

Avtotransport sexi rahbariyati va mutaxassislari, shuningdek Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi vakillari hamkorligida avtoparkimizdagi mavjud transport vositalarida kompleks ekologik monitoring o‘tkazildi. Zamonaviy “Avtoskan” gazanalizatori yordamida 12 ta “Nefaz” avtobusi, 8 ta yengil avtomobil va 20 ta yuk mashinasining chiqindi gazlari laborator tahlildan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida avtomobillarning chiqindi gazlari belgilangan me’yorlarga muvofiqligi baholandi.

Barcha transport vositalari texnik ko‘rikdan ham o‘tkazilib, ularning sozligi, yonilg‘i samaradorligi va atmosferaga salbiy ta’sirini kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, “Toza havo” oyligi doirasida xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Mutaxassislar havo tozaligini saqlashning dolzarbligi, ekologik yukni kamaytirishda texnik xizmatning ahamiyati, har bir xodimning shaxsiy ekologik mas’uliyati haqida so‘z yuritishdi.

Korxona avtotransport vositalariga eko-bannerlar o‘rnatilib, “Toza havo” tashabbusining mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech