Ру O`z En

“Mini-futbol” bo‘yicha “Kasaba uyushmasi kubogi” sohibi aniqlandi

“Farg‘onaazot” AJning kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarning biri bo‘lgan “Mini-futbol” bo‘yicha, “Kasaba uyushmasi kubogi” musobaqasi boshlab yuborilgan edi.

          Mazkur musobaqada, jami 20 nafar jamiyat sexlari xodimlaridan tashkil topgan jamoalar faol ishtirok etdilar. O‘yin natijalariga ko‘ra, g‘oliblik Zavod boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Mexanik ta’mirlash sexi jamoasi va uchinchi o‘rinni esa Soda sexi jamoasi egalladi.

          Aytib o‘tish lozimki, g‘oliblarni taqdirlash marosimi barcha sport musobaqalari yakunida o‘tkaziladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech