Ру O`z En

KORXONAMIZDA O’TKAZILGAN PROFILAKTIK TADBIR TAFSILOTI

Jamiyatimizning  Sanoat xavfsizligi  boshqarmasi,  Qutqaruv  otryadi  va  OBYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda xavfli  ishlab  chiqarish obyektlarida   qish  mavsumini  betalafot  o‘tkazish,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  har-xil  turdagi  kimyoviy  moddalardan   zaharlanishlar  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni  oldini  olish  maqsadida  korxonaning  Soda  sexi  ishchi-xodimlarga  profilaktik  tadbir   tashkil  etildi.

Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlarga  sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va  yong‘in xavfsizligi qoidalariga,  shuningdek,  QO 1,  QO 2,  QO 3   yo‘riqnomalarida  ko‘rsatilgan  qoidalariga   qat’iy  rioya  etish  bo‘yicha  yana  bir  bor  tushuntirishlar   berib  o‘tildi.

 

                                                          “Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech