KORXONAMIZDA “NAVRO‘Z” UMUMXALQ BAYRAMI YUQORI KAYFIYATDA NISHONLANDI
Ayni kunlarda xalqimizning eng qadimiy va bebaho ma’naviy meroslaridan biri — Navro‘z umumxalq bayrami yurtimiz bo‘ylab “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlari yuqori saviyada nishonlanmoqda.
Mazkur bayram doirasida jamiyatimizda ham ko‘tarinki ruhdagi tantanali tadbir tashkil etilib, u korxonaning faollar zalida o‘tkazildi. Tadbirda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda tarkibiy bo‘linmalarda mehnat qilayotgan faol ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Bayram dasturi doirasida Marg‘ilon musiqali maqom teatri san’atkorlari ishtirokida professional konsert dasturi tashkil etildi. Yuqori badiiy saviyada ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va raqqosalar chiqishlari ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati