Ру O`z En

28-APREL “BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

28-aprel kuni, Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan, korxonamizda mehnat xavfsizligi va sog‘lom mehnat muhitini ta’minlash mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda korxona rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari hamda mehnat muhofazasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi — xodimlarni mehnat xavfsizligi sohasidagi xalqaro va milliy standartlar, profilaktik chora-tadbirlar hamda ish joyida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish usullari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilarga mehnat muhofazasining dolzarb masalalari, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishdagi innovatsion yondashuvlar va sohadagi yangi talablar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida mehnat muhofazasi sohasida faollik ko‘rsatgan bir guruh mutaxassislarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Korxonamizda bunday tadbirlarning tashkil etilishi mehnat muhofazasiga bo‘lgan jiddiy yondashuv, xodimlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash borasidagi intilishning yorqin namunasidir.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech