Ру O`z En

NAVRO‘Z BAYRAMI ARAFASIDA JAMIYATIMIZDA SUMALAK SAYLI TASHKIL ETILDI

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida keng nishonlanayotgan tadbirlar doirasida jamiyatimizda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida an’anaviy sumalak sayli tashkil etildi.

Erta tongda jamiyatning Xo‘jalik sexida bahorning ramziy taomi — sumalak tayyorlash jarayoni yo‘lga qo‘yildi. Ushbu jarayon an’anaviy yo‘sinlar va milliy urf-odatlar asosida tashkil etildi.

Sumalak o‘zining yuqori biologik qiymati, vitaminlar, mikroelementlar va tabiiy antioksidantlarga boyligi bilan ajralib turadigan noyob milliy mahsulot hisoblanadi. U nafaqat qadimiy an’analarning ajralmas qismi, balki sog‘lom ovqatlanish konsepsiyasining muhim elementi sifatida ham e’tirof etiladi.

Tayyor mahsulot pishirish jarayoni yakunlangach, korxonaning barcha sex va boshqarmalariga tarqatib berildi. Bu esa o‘z navbatida jamoada o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech