Ру O`z En

KORXONADA “MEHNAT INTIZOMI TUSHUNCHASI VA JAVOBGARLIK ASOSLARI” MAVZUSIDA XODIMLARGA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Bugun “Farg‘onaazot” AJning majlislar zalida “Mehnat intizomi tushunchasi va javobgarlik asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar korxonaning yuridik bo‘limi tomonidan tashkil etildi, unda tabel hisobi va ish yuritish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘limlar va sexlarning yetakchi mutaxassislari va muhandislik-texnik xodimlari ishtirok etdilar.

Yuridik bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari M. M. Qayumov tomonidan tayyorlangan ma’ruza seminar ishtirokchilarining mehnat qonunchiligi to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirishga, mehnat intizomiga oid asosiy moddalar bilan tanishishga imkon berdi. Qilingan ma’ruzada mehnat intizomini ta’minlash tushunchasi va usullari, intizomiy javobgarlikka alohida urg‘u berildi. Xususan, kasbiy faoliyatni tartibga soluvchi normativ va huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri qo‘llashga oid masalalar o‘rin oldi. Shuningdek, chiqish davomida ma’ruzachi o‘z mehnat majburiyatlarini bajarish jarayonida xodimlarning huquq va majburiyatlari masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Ish jarayonida harakatlar (harakatsizlik) natijalari va oqibatlarini huquqiy jihatdan tahlil qilish va baholash kerakligiga yig‘ilish ishtirokchilarini e’tiborini qaratdi.

Seminar yakunida seminar ishtirokchilari qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob oldilar.

Ishchan ruhida o‘tkazilgan seminar, ishtirokchilarining hech birini befarq qoldirmadi.


"Farg‘onaazot"  AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech