Ру O`z En

KORXONADA SANOAT VA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA SAMARALI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Jamiyatning  SANOAT XAVFSIZLIGI  BOSHQARMASI  va  FVB OYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda  xavfli  ishlab  chiqarish obyektlarida   sanoat  va  yong‘inlar  profilaktikasi  samaradorligini   oshirish,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  is gazidan zaharlanishlar, gaz-havo aralashmasining  chaqnashi  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni  oldini  olish  maqsadida  korxonaning  Tashqi  suv ta’minoti  sexi  ishchi-xodimlariga  keng  ko‘lamli  profilaktik  tadbir  hamda yong‘in o‘chirish texnika va jihozlarining ko‘rgazmali namoyishi  tashkil  etildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishchi-xodimlarga birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanishga oid ko‘nikmalar eslatib  o‘tildi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech