Ру O`z En

KORXONADA “XAVFSIZLIK TEXNIKASI KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

“Xavfsizlik texnikasi kuni”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda korxona rahbariyati, bo‘lim va sexlar boshliqlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda ishchi-xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, korxona sexlarining ishlab chiqarish faoliyatida mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan hisobotda karbamid ishlab chiqarish sexi, Bug‘-qozon sexi va Polietilen qop ishlab chiqarish sexining aniq misolida, I, II va III pog‘anali nazorat-tekshiruv natijalari bo‘yicha berilgan yozma ko‘rsatmalarning bajarilishi natijalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, jarohatlanishlar holati, xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi, "ABER" (Avariyalarni bartaraf etish rejasi) bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, termografik va radiatsion nazorat natijalari, ishchi –xodimlarni jarohatlanish holatlari, MM va XT bo‘yicha bilimlarni tekshirish natijalari, shuningdek, MM va XT talablarini ishchi –xodimlari tomonidan buzush holatlari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish usullari atroflicha muhokama qilinib, ularning oldini olish choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech