Ру O`z En

KORXONADA “28-APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 24-aprel kuni korxonada e’lon qilingan “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” doirasida Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi va korxona qutqaruv xizmati bilan hamkorligida seminar va maxsus qutqaruv va yong‘inga qarshi texnika va jihozlarining ko‘rgazmasi tashkil etilgan bo‘lib, unda sex va bo‘lim ishchi va xizmatchilari ishtirok etishdi.

Seminarni boshqarma boshlig‘i Abduraxmanov Fayzullo Abdullaevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Xususan, Fayzullo Abdullaevich o‘z nutqida korxonada mehnat muhofazasini yaxsilash, ish joylarida jarohatlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan profilaktika tadbirlar xususida so‘zlab berdi.

So‘ngra so‘z “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi katta inspektori, kapitan To‘lanboyev Ulug‘bek Abdufattoyevichga berildi.

O‘z nutqi davomida U. A. Tulanboyev O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirish berdi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yong'in xavfsizligini ta'minlashga oid 2024 yilda kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar haqida gapirdi.

Qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazilgan, tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

Seminar maxsus qutqaruv va yong‘inga qarshi texnika va jihozlarining namoyishi bilan yakunlandi, unda ularning texnik tavsiflari, maqsadi va qo‘llash usullari atroflicha yoritib berildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech