“KASBIY CHARCHOQ VA EMOTSIONAL STRESSLARNING PSIXOLOGIK OMILLARI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Mazkur mavzu bo‘yicha joriy yilning 16-aprel kuni jamiyatning Sinov laboratoriyalar kompleksi tarkibiga kiruvchi Markaziy kimyo laboratoriyasi va Sifat nazorati va standartlarga rioya qilish bo‘limi xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Trening o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, korxona tarkibiy bo‘linmalarida sog‘lom va do‘stona muhitni yaratish, mehnat jamoalarida o‘zaro hurmat, birdamlikni mustahkamlash hamda pozitiv fikrlashning muhim ahamiyatlarini xodimlarga yetkazishdan iborat edi.
Treningda korxona yoshlar Ittifoqi yetakchisi, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi hamda jamiyat psixologi mavzuga oid ma’ruzalar, tushuntirishlar olib bordilar.
Shundan so‘ng “Meni kimligimni toping”, “Shar ishirish”, “O‘rin almashish”, “Savollar marafoni” - kabi psixologik treninglar o‘tkazildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati