Ру O`z En

VOLEYBOL BO‘YICHA ERKAKLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN SPORT MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Xabaringiz bor, jamiyatimiz sex va boshqarmalari bo‘ylab “Kasaba uyushmalari kuni”ga bir qator tanlov va sport musobaqalari o‘tkazildi. Kuni kecha mazkur tadbirlarning so‘nggisi voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida sport musobaqasi yakunlandi.

Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, korxona xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashishi, yoshlarni sportga keng jalb qilishda alohida o‘rin tutadi.

Muroasiz va odilona kechgan o‘yinda 1- o‘rinni “Karbamid ishlab chiqarish sexi” jamoasi, 2- o‘rinni “Xo‘jalik sexi” jamoasi hamda 3- o‘rinni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruvi tizimi va Metrologiya boshqarmasi” egalladilar.  

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech