Ру O`z En

KORXONADA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabrigacha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umumxalq kampaniyasi doirasida bizning korxonamizda ham profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir Jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.

Profilaktik mashg‘ulotlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavfsizlikni ta’minlash, yong‘inlar profilaktikasini samarali yo‘lga qo‘yish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, kimyoviy moddalar bilan bog‘liq xavfli holatlarning oldini olish borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, olovli va gazga xavfli ishlarni bajarish tartibi yuzasidan Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika sexi, Elektr ta’minoti sexi, Suv-bug‘ ta’minoti sexi, Sanoat oqova suvlari sexi hamda Markaziy kimyo laboratoriyasi ishchi-xodimlari uchun profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlarga maxsus texnikalar namoyish etildi, yong‘inga qarshi uskunalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Profilaktik tadbirning asosiy maqsadi — ishchi-xodimlarning bilim va malakasini oshirish, ularda xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash hamda ishlab chiqarishda yong‘in va sanoat xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech