Ру O`z En

NAVOIY VA BOBUR – ILM MA’RIFAT HOMIYSI VA TARG‘IBOTChISI

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining tizim korxonalari ishtirokida “Navoiy va Bobur – ilm ma’rifat homiysi va targ‘ibotchisi” shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Unda tizim korxonalari xodimlari o‘zalarining mutafakkir shoir va davlat arboblarimiz tavalludiga bag‘ishlab ko‘rgazmali chiqishlar, ulug‘ shoirlarimizning she’riy va nasriy asarlaridan, she’r va g‘azallaridan  parchalar o‘qib eshittirdilar. Ularning ona tilimizning beqiyos jozibasidagi hissalari, so‘z boyligi,  ijodi va adabiy jarayonlari haqida fikr bildirib o‘tdilar.

  Tadbirda  “Farg‘onaazot” AJ yoshlari ham Alisher Navoiyning dunyoga mashhur asarlari va g‘azallarini ifodali o‘qib berdilar. 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech