Ру O`z En

NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN JAMIYATNING AYOL VA ERKAKLARI O‘RTASIDA SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA MUSOBAQA TASHKILLANDI

Bugun korxonada Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlanib, “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida korxona ayollari o‘rtasida shashka va erkaklari o‘rtasida shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada korxonada faoliyat yuritadigan 40 ga yaqin ishchi-xodimlar xususan, faol yoshlar, xotin-qizlar ishtirok etishdi. Qiziqarli kechgan musobaqada ayollar o‘rtasida shashka yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni Mochevina ishlab chiqarish sexi xodimasi Inobatxon Mamadaliyeva,  2-o‘rinni Xlorat magniy defolianti sexi xodimasi Nafisaxon Isamiddinova hamda 3-o‘rinni Xlorat magniy defolianti sexi xodimasi Nozimaxon Abduraxmonova egalladilar.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida shaxmat yo‘nalishida mutloq g‘oliblik Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi xodimi Nuriddin Aminovga, 2-o‘rin Temir yo‘l sexi xodimi Sherzodali Fozilovga va 3-o‘rin Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi xodimi Doniyorjon Matboboyevga nasib etdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

 

“FARG‘ONAAZOT” AJ MATBUOT XIZMATI

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech