Ру O`z En

“ODOB-AXLOQ QOIDALARI”GA RIOYA QILISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR

Bugun, 4-noyabr 2022-yil korxonaning majlislar zalida jamiyat tomonidan yangi ishlab chiqilgan “Odob-axloq qoidalari”ni keng jamoatchilikka yetkazish, ishchi-xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga amal qilishni yanada kuchaytirish hamda ekstremizm, terrorizmning va odam savdosi kabi salbiy holatlarni oldini olish, shuningdek, fuqarolik fikrini shakillantirishga qaratilgan diniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirga Farg‘ona shahar IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Fayzullo Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Ilxom Mirzaxmedov, “Muxammad Avliyo” masjidi imom xatibi Abdunosir qori Oxunovlar taklif etildilar. Korxonaning barcha boshqarma, bo‘lim, xizmatlar va sex boshliqlari, yoshlar, xotin-qizlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida o‘tgan ibratli yig‘ilishni jamiyat boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov ochib berdi.

    Korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva “Farg‘onaazot” AJda qabul qilingan Odob-axloq qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shu o‘rinda, unga yangi kiritilgan 4-bob “Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari”ga urg‘u berib o‘tdi. Yuridik bo‘limi boshlig‘i Nasiba Mahkamova barcha xodimlar odob-axloqining qoidalarini yoddan bilishlari lozim ekanligini, unga so‘zsiz amal qilish va unga ko‘ra ish tutish bizning zimmamizdagi vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 Yig‘ilishga taklif etilgan mexmonlar ekstremizm, terrorizm changalidan saqlanish, uning oqibatlari va odam savdosi to‘g‘risida ibratli ma’ruzalar o‘qib eshittirdilar. 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech