Ру O`z En

ONLAYN VIKTORINA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Korxonamizda buyuk sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” nomli onlayn viktorina o‘tkazildi.

    Mazkur viktorinada jamiyatimizda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdilar.
Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan viktorina joriy yilning 9 aprel sanasida korxona yoshlar ittifoqi Kengashining telegram kanali orqali bo‘lib o‘tdi. 

 Viktorina natijalariga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni MKL sexi laboranti Barno Tursunova, ikkinchi o‘rinni TJABT va Metrologiya bo‘limi mutaxassisi Akmaljon Mamatov va uchinchi o‘rinni MJT sexi chilangari Xusniddin Jaloldinovlar egallashdi. Shu o‘rinda, viktorina faol ishtirok etgan ikki nafar xodimlar, ya’ni, Aloqa sexi mehnat bo‘yicha texnigi Shohsanam Mamayorova va MJT sexi chilangari Abdurashid Abduzuxurovlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech