Ру O`z En

“KASB MAHORATI – 2025”: “ENG YAXSHI MAHORATLI YOSH LABORANT” ANIQLANDI

11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni hamda bu yil kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik yubileyi munosabati bilan korxonamizda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kasb mahorati – 2025” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi — “Eng yaxshi mahoratli yosh laborant” yo‘nalishi Markaziy kimyo laboratoriyasi binosida bo‘lib o‘tdi.

Tanlov nizomiga muvofiq, ko‘rik-tanlov ikki bosqichda tashkil etildi:

Birinchi nazariy bosqich — ishtirokchilar kimyoviy tahlil usullari, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sinov natijalarini qayta ishlash va sifat standartlariga oid bilimlarini namoyish etdi.

Ikkinchi amaliy bosqich — yosh mutaxassislar zamonaviy analitik asbob-uskunalar bilan ishlash, reaktivlar tayyorlash, namunalarni titrlash va laboratoriya hisobotlarini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha o‘z mahoratini ko‘rsatdi.

Bu yilgi tanlovda korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan yosh laborantlar ishtirok etishdi. Ularning har biri yuqori mas’uliyat, aniqlik va professionallik namunasini ko‘rsatdi.

Natijalar quyidagicha taqsimlandi:

1 – o‘rin Nasirova Ra’noxon — Markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti

2 – o‘rin Abdullayeva Zamiraxon — Sanitar laboratoriya laboranti

3 – o‘rin Tillabayeva Muazzamxon — Xlorat-magniy defoliant sexi laboranti

Barcha g‘olib va sovrindorlarni chin dildan tabriklaymiz! Sizlarning mehnatsevarligingiz, kasbiy bilimlaringiz va intiluvchanligingiz yosh avlod uchun ibratdir.

Eslatib o‘tamiz, barcha tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. 

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech