Ру O`z En

“ENG YAXSHI INSHO” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Bugun 16-yanvar kuni korxonaning majlislar zalida 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan korxona yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusidagi “Eng yaxshi insho” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Insholar tanlovining natijalariga ko‘ra, o‘rinnlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin Sanitar laboratoriya sexi laboranti Zulxumor Badalova

2 – o‘rin Karbamid ishlab chiqarish sexi mashinisti  Muxlisa Ikromalieva

3 – o‘ringa esa ikki nafar yoshlarimiz, Aloqa sexi kabel-payvandchisi Feruza Nomonjonova hamda Sinov laboratoriyalar kompleksi  yetakchi mutaxassisi Dilnoza Abdumajitovaga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar korxona rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech