Ру O`z En

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH STRATEGIYASI” YUZASIDAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

Korxonaning majlislar zalida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, respublikamizda qabul qilingan yangi qaror va farmonlar bilan jamiyat ishchi-xodimlarini yaqindan tashintirish, korxonada ishlab chiqilgan odob-axloq kodeksi, ichki tartib qoidalarga qat’iy rioya qilish to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Yig‘ilish korxonaning Yuridik bo‘limi va Ayollar Kengashi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda sex va boshqarma boshliqlari, yoshlar, xotin-qizlar hamda ma’naviyat va ma’rifat yetakchilari ishtirok etishdi.

     Soha mutaxassislari, Komplaens nazorat xizmati, Kasaba uyushmasi tomonidan yig‘ilishda mavzuga oid ma’lumotlar berib o‘tildi. Shu o‘rinda, korxonada xodimlarni ijtimoiy himoyasi, xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yig‘ilish qatnashchilari tanishtirib o‘tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech