Ру O`z En

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGANINING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 9 - dekabr kuni Farg‘onaazot” AJ majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirni kirish so‘zi bilan korxona boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev ochib berdi va o‘z nutqida Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilganligi haqida aytib o‘tdi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Tadbirning badiiy qismini korxona yoshlar ittifoqi BT faol yoshlari tomonidan tayyorlangan chiqishlari bilan davom ettirishdi. Ular madhiyani yaratilishining tarixi, mualliflari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi va mustaqil O‘zbekiston ramzlariga bag‘ishlangan sherlar o‘qishdi.

Tadbirda mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi. Bayram tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.


“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech