Ру O`z En

“O‘ZKIMYOSANOAT” AJ MATBUOT XIZMATI RAHBARI “FARG‘ONAAZOT” AJGA TASHRIF BUYURDI

Tizim korxonalarida Matbuot xizmati faoliyatini  yanada yuqori darajaga ko‘tarish yuzasidan joriy yilning 16-17 iyun kunlari “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati rahbari Rustam Eshbekov jamiyatimizga tashrif buyurdi.

   Ikki kun davom etgan tashrifda, korxona sexlari ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, jamiyatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ulardan malakali xodimlar tayyorlash borasida tizim korxonalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar tavsilotlari yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

 Mazkur yig‘ilish ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda xodimlar malakasini oshirish, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga joylash, bu borada yosh kadrlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda ishchilar muammolari kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Xodimlar  tomonidan berilgan barcha savol va takliflar yozib olindi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech