“ZAKOVAT” GOLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Avval xabar berganimizdek, 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan korxonamizda Xavfsizlik texnikasi boshqarmasi hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sexlararo “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilgan bo‘lib, barcha g‘olib va sovrindorlar bugun jamiyatning faollar zalida, bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimda, korxona boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Millabayev Umidillo tomonidan esdalik sovg‘alari bilan munosib mukofotlandi.
Snuningdek, tadbir davomida mehnat muhofazasi sohasida yaxshi faoliyat olib borayotgan bir guruh ishchi-xodimlar ham e'tirof etildi va ularga Faxriy yorliq hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati