“KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI!” SHIORI OSTIDA IJODIY INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
Bugun korxonaning ma’naviyat va ma’rifat xonasida xodimlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan ijodiy insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — jamoa a’zolari o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, konstitutsion qadriyatlar mazmun-mohiyatini yanada chuqur anglash hamda xodimlarning ijtimoiy faolligini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaning inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni, demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati va konstitutsion islohotlarning hayotimizga ta’siri yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdi. Baholash jarayoni tashkiliy-me’yoriy talablar asosida, adolat va xolislik tamoyillariga rioya qilingan holda amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning g‘olib va sovrindorlari yaqin kunlarda korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan tantanali taqdirlanadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati