Ру O`z En

KORXONADA “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH HAFTALIGI” SARHISOB QILINDI

Bugun jamiyatning majlislar zalida “28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan korxonada o‘tkazilgan “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxona rahbariyati, bosh mutaxassislar, tarkibiy bo‘linmalarni rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirni boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev ochib berdi.

U o‘z nutqida o‘tgan hafta davomida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikning asosiy qoidalariga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro tajriba va bilim almashishga qaratilgan treninglar, ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tkazilganini, ushbu tadbirlar davomida ishchi-xodimlar shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini amaliyotga o‘tkazganini ta’kidlab o‘tdi.

Umid qilamizki, olingan bilim va ko'nikmalar xavfsiz va samarali mehnat uchun ishonchli poydevor bo'ladi. dedi u o‘z so‘zi yakunida.

Tadbir davomida, Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Fayzullo Abduraxmonov o‘tgan hisobot davrida korxonada mehnat muhofazasi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” va “Toza havo oyligi” doirasida faol ishtirok etgan xodimlar va mehnat jamoalari tantanali ravishda taqdirlandi.

Xususan, MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasi hamda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lgan va sovrinli o‘rin egallagan jamoalar:

1-o‘rin Ammiak-3 sexi.

2-o‘rin Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi. 

3-o‘rin Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi korxona kasaba uyushmasining diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

“Toza havo oyligi”da atmosfera havosidagi tashlamalarni kamaytirish, ishlab chiqarish natijasida hosil bo‘lgan oqova suvlarni sifatini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan:

1-o‘rin XMD sexi.

2-o‘rin AK-72M sexi. 

3-o‘rin Soda  ishlab chiqarish sexi korxona kasaba uyushmasining diplom va esdaliq sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi”da faol ishtirok etgan xodimlar: “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi katta inspektori To‘lanboyev Ulug‘bek, Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Qayumov Hayot va Matbuot xizmati foto-muhbiri G‘ulomnazirov Mirjalol korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech