Ру O`z En

BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan korxonaning sexlarida bayram tadbirlari davom etmoqda.  Shunday tadbirlardan biri Xo‘jalik sexining xotin-qizlari o‘rtasida “Ayol borki – olam munavvar” shiori ostida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi, 7 – mart kuni o‘tkazildi.

“Balli qizlar ” tanlovida sexning faol, iste’dodli mehnatkash ayollaridan Nazarova Odinaxon, Dadaxo‘jayeva Yorqinoy, Qoraboyeva Xumora, Abduraximova Gavxaroy, Qosimova To‘xtaxonlar ishtirok etdilar. Ko‘rik – tanlovda ishtirokchilar o‘z bilim-salohiyatini, pazandalik mahoratini namoyon etishdi.

Keskin o‘tgan bellashuvda shartlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan Abduraximova Gavxaroy – birinchi o‘rinni, Dadaxo‘jayeva Yorqinoy – 2-o‘rinnni, Qoraboyeva Xumora – 3-o‘rinni egalladilar. Faxriy o‘rinlarni egallagan hamda faol ishtirok etgan qatnashuvchilar Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi kengashining 1-2-3-darajali diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Faol ishtirok etgan qatnashchilar Qosimova To‘xtaxon va Nazarova Odinaxonlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ  Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech