Ру O`z En

AYOL BORKI – OLAM MUNAVVAR

Bugun jamiyatning majlislar zalida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “Ayol borki – olam munavvar” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

           Tadbirni chiroyli dil izhorlari bilan korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov ochib berdi va barchaga yaxshi kayfiyat tiladi.  So‘ng, jamiyatimiz ishchi-xodimlari ishtirokidagi birin ketin go‘zal taronalar, she’rlar to‘plami yangradi. Xo‘jalik sexining nafosatli  ayollari raqslari, sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

    Shuningdek, korxona faol xodimlari, iqtidor egalari - Qutqaruv otryadi xodimi Mirzoxidjon Axmedov, Soda ishlab chiqarish sexi laboranti Oygul Madraximova, Ammiak ishlab chiqarish sexi sistematexnigi Axadjon Madaliyevlarning qo‘shiqlari bayram kayfiyatini ulashdi.

    Tadbirning yakuniy qismida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab jamiyatimiz ayol va qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi  hamda “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari va sovrindorlarini tantanavor ravishda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech