Ру O`z En

YONG‘IN XAVFSIZLIGI BORASIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Ma’lumki, joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabrigacha mamlakatimizda “Yong‘indan ogohlik” umumxalq kampaniyasi oyligi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat doirasida korxonaning Aloqa sexida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Bugun, yani 8-oktabr kuni, jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi mutaxassislari hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida korxonaning  аloqa  hamda  ishchilarni oziqlantirish  sexi    ishchi-xodimlariga, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, turli xil kimyoviy moddalardan zaharlanish kabi xavfli vaziyatlarning oldini olish borasida atroflicha tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, olovli va gazga xavfli ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlar qismida sex ishchi-xodimlari barcha jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga erishildi.

 

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech