Ру O`z En

ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD SANALARIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

Korxonamizda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda korxona sex va bo‘lim rahbarlari, ishchi-xodimlar, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muqaddamxon Ehsanova ishtirok etdilar.

Tadbir davomida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-adabiy merosi, ularning davlat boshqaruvi, ma’naviyat va badiiy tafakkur rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi atroflicha tahlil qilindi. Ma’ruzalar jarayonida ishtirokchilar milliy adabiy meros, til madaniyati, ma’naviy qadriyatlar hamda tarixiy xotira masalalari yuzasidan axborot olishdilar.

Tadbirning badiiy qismida korxonaning faol xodimlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub nasriy asarlardan parchalar ifodali mutolaa qilindi. Ushbu adabiy chiqishlar madaniy merosni targ‘ib etish hamda ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, Marg‘ilon musiqali maqom teatri san’atkorlari tomonidan buyuk adiblar she’rlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar jonli ijroda taqdim etildi. Sahna ko‘rinishlari, badiiy sahnalashtirilgan rollar va musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh va yuqori badiiy saviya bag‘ishladi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirib, milliy qadriyatlar, adabiyot va san’atga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

 

«Farg‘onaazot» AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech