Ру O`z En

YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA NAVBATDAGI PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, yurtimizda joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umumxalq kampaniyasi doirasida korxonamizda ham bir qator profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri, joriy yilning 13-oktabr kuni korxonaning II-sanoat maydonida tashkil etildi. Mazkur profilaktik tadbir, Jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali, Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi favqulodda holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, olovli ishlarni xavfsiz bajarish tartibi, elektr jihozlaridan foydalanishda rioya etilishi zarur bo‘lgan xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbirning ko‘zlangan maqsadi — korxona ishchi-xodimlarining o‘rtasida yong‘in va sanoat xavfsizligi xususida bilim hamda ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishdan iboratdir.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech