Ру O`z En

"KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH DAVR TALABI" MAVZUSIDA YIG'ILISH O'TKAZILDI

Bugun korxonamizda “Korrupsiyaga qarshi kurash — davr talabi” mavzusida tizimli yondashuvlarga asoslangan yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur tadbir shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, xodimlarda huquqiy ong va korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirishga qaratildi.

Yig‘ilishda Komplaens nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov, Tartib-maxfiy boshqarmasi yetakchi muhandisi Dilmuhammad Eshonov hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati rahbari Muzaffar Soliyev boshchiligida shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Tadbir davra suhbati shaklida tashkil etilib, unda korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish, snuningdek, odob-axloq hamda tartib-intizom masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning tashkilot imijiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Amaliy keyslar asosida muammoli vaziyatlar tahlil qilinib, xodimlarning qaror qabul qilish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga nisbatan “nol toqat” tamoyilini qat’iy joriy etish, ochiqlik va halollik muhitini yanada mustahkamlash hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech