Ру O`z En

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BAYROG‘IMIZ TASHKIL TOPGANLIGINING 32 YILLIGI KENG NISHONLANDI

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsolidir. Azal-azaldan bayroq mamlakatning kuchi, hukumat qudratini anglatib kelgan. Bayroqning ko‘kda gurkirab hilpirashi ozod va obod yurt belgisi bo‘lgan.

Millatimiz faxri  - bayrog‘imizning 32 yilligi munosabati bilan korxonamizda bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiriga Farg‘ona viloyati hokimiyati Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyati mudiri Mo‘ydinjon Xolmatov, Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahtiyor Usmonov hamda Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Harbiy qism komandiri o‘rinbosari, kapitan Kamronbek Abduvaliyevlar tashrif buyurishdi.  

Bayram kechasida mehmonlar bayrog‘imiz tarixi, u to‘g‘risida yangi qabul qilingan farmon va qarorlar, shu o‘rinda, tanchlik qadri, tashqi, yod kuchlardan yurtimizni asrash, suveren demokratik respublikamizda turli buzg‘unchi g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirib, xalq orasida vahima uyg‘otishga harakat qilayotgan, mo‘tabar bo‘lgan Islom dinimizni noto‘g‘ri talqin qilib, turli xil mavkuralarni singdirishga urinayotgan, O‘zbekiston siyosati, davlat boshqaruviga qarshi kayfiyatni targ‘ib qilayotgan jirkanch kuchlarga qarshi qatiy kurash olib borishimiz, o‘z Vatanimizni, farzandlarimizni himoya qilishimiz lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

So‘ng, Farg‘ona viloyati hokimligi  hamda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tayyorlagan video roliklar taqdim etildi. “Bayrog‘imiz mangu mag‘rur hilpirayversin!” mavzusida tayyorlagan rolik esa barcha tadbir qatnashchilariga manzur bo‘ldi.

 Tadbir yakunida xalq himoyasi yo‘lida o‘z jonlarini fido qilishga tayyor Mudofaa Vazirligi harbiy askarlari, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati Milliy gvardiyasi 1-bataloni xodimlarining harbiy jangovor chiqishlari xodimlarni o‘ziga rom etdi.

     Aziz ishchi-xodimlar, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ining 32 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni korxona ma’muriyati nomidan muborakbod etamiz! Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik va ona diyorimizga tinchlik tilab qolamiz!
Bayrog‘imiz mangu mag‘rur hilpirayversin! 

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech