Ру O`z En

“QISH MAVSUMINI BETALAFOT O‘TKAZISH” TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Jamiyatning  SANOAT XAVFSIZLIGI  BOSHQARMASI,  QUTQARUV  OTRYADI  va  FVB OYXTTEB  xodimlari  bilan  hamkorlikda xavfli  ishlab  chiqarish obyektlarida   qish  mavsumini  betalafot  o‘tkazish,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  favqulodda  vaziyatlar  va  yong‘inlar,  turli  xil  kimyoviy  moddalardan   zaharlanishlar  kabi  ko‘ngilsiz  holatlarni  oldini  olish  maqsadida  korxonaning  Bug‘ qozon  va  Karbamid  sexlari ishchi-xodimlariga  keng  ko‘lamli  profilaktik  tadbir   tashkil  etildi.

Tadbirda Sanoat xavfsizligi  boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotiboldiyev, OYXTTEB  xodimlari Ulug‘bek To‘lanboyev, Nomonjon Tursunovlar xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelish mumkun bo‘lgan noxush hodisalar, o‘tgan davr mobaynida Farg‘ona viloyatida yong‘inlar bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi. Shuningdek, Qutqaruv  otryadi  bo‘linma  komandiri  Dilshod Abduraxmonov  seminar qatnashchilariga korxonada kimyoviy moddalar bilan ishlashda gaz niqoblaridan foydalanish tartibi va ularning turlari haqida tushuncha berib o‘tdi.     

Tadbir  so‘ngida  ishchi-xodimlarga  sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va  yong‘in xavfsizligi  hamda  QO 1,  QO 2,  QO 3   yo‘riqnomalarida  ko‘rsatilgan  qoidalariga   qat’iy  rioya  etish  bo‘yicha  yana  bir  bor  eslatmalar   berib  o‘tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech