Ру O`z En

“RAHBAR KUBOGI” G‘OLIBLARI TAQDIRLANDILAR

Korxonamizda “Yoshlar haftasi” doirasida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” mini-futboli o‘z nihoyasiga yetib, bugun 28 iyun kuni jamiyatning majlislar zalida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

  Taqdirlash kechasida korxona rahbari Dilshod Mannonov barcha yoshlarni “Yoshlar oyligi” munosabati bilan qutlab, g‘olib jamoalarga korxona ma’muriyati tomonidan ajratilgan pul mukofoti hamda korxona yoshlar kengashi boshlang‘ich tashkilotining diplomlari bilan taqdirladi.

    Ma’lumot uchun, mini-futbol musobaqasi g‘oliblariga 1-o‘rin uchun – 6 000 000 so‘m, 2-o‘rin uchun – 4 000 000 so‘m va  3- o‘rin uchun 3 000 000 so‘m berildi. O‘yinda faxrli o‘rin “Korxona boshqarmasi" jamoasiga,  2-o‘rin Qo‘riqlash boshqarmasining "Batalon" jamoasiga va uchinchi o‘rin “Xo‘jalik” jamoasiga nasib etdi.

“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech